Jamoat transporti, xarid va ijtimoiy xizmatlardagi huquqlaringiz: yo‘lovchilar uchun ma’lumot

Har kuni biz avtobus yoki marshrutkalarni kutamiz, do‘konda mahsulotlar sotib olamiz, xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiramiz yoki ijtimoiy imtiyozlardan foydalanamiz. Bu hayotimizning odatiy qismiga aylangan, biroq ko‘p hollarda biz bunday harakatlarning har birining ortida aniq huquqiy me’yorlar va kafolatlar borligini o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

O‘zbekistonda qonunchilik hujjatlari yo‘lovchilar, iste’molchilar va pensionerlarning manfaatlarini himoya qiladi. Konstitutsiya va o‘nlab qonunlar quyidagilarni kafolatlaydi:

• Xavfsiz va qulay transport,

• adolatli narxlar va tovarlarni qaytarish imkoniyati,

• Keksalar uchun pensiya va imtiyozlar.

Biroq amaliyot ko‘plab fuqarolar o‘z huquqlarini bilmasliklarini va shuning uchun ulardan foydalanmasliklarini ko‘rsatmoqda. Natijada — aldov, qo‘pollik, rad javoblari yoki ortiqcha xarajatlarga duch kelishadi.

Qonunlarni bilish — bu har birimizga o‘z manfaatlarimizni himoya qilish imkonini beradigan vositadir. Aynan shu sababli bunday ma’lumotlar maktablarda, poliklinikalarda, mahallalarda, endilikda esa jamoat transporti bekatlarida ham joylashtirilmoqda. Chunki aynan shu yerda har kuni minglab odamlar transportni kutish vaqtida bir necha daqiqa ichida hayotlarida haqiqatan ham yordam beradigan foydali ma’lumotlarni olish imkoniga ega.

 

Ushbu ma’lumot sizga quyidagi savollarga javob topish imkonini beradi:

  1. Jamoat transporti yo‘lovchilari qanday huquqlarga ega.

  2. Mahsulot va xizmatlarni xarid qilishda iste’molchilar qanday himoyalangan.

  3. Pensioner va keksalar uchun qanday kafolatlar va imtiyozlar berilgan.

  4. Agar huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, yordam uchun qayerga murojaat qilishingiz kerak.

  5. Fuqarolar eng ko‘p duch keladigan savollarga javoblar.

JAMOAT TRANSPORTI YO‘LOVCHILARINING HUQUQLARI

Jamoat transporti — bu shahar va hududiy infratuzilmaning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, har kuni millionlab fuqarolarning hayoti unga bog‘liq. Uning barqaror ishlashi nafaqat harakatlanish qulayligini, balki Konstitutsiyada belgilangan erkin harakatlanish huquqining amalga oshishini ta’minlaydi. Davlat transport kompaniyalari faoliyatini tartibga solish orqali, ularga yo‘lovchilar xavfsizligini, belgilangan sifat standartlariga rioya etishni va xizmatlarning barcha toifadagi aholi qatlamlariga, jumladan, pensionerlar, nogironlar va talabalar uchun, hamyonbop va foydalanish uchun qulay bo‘lishini kafolatlashni ta’minlash majburiyatini yuklaydi.

Jamoat transporti — bu shunchaki ishga yoki uyga yetib borish vositasi emas. Balki bu davlat xavfsizlikni ta’minlashi, tashuvchilar esa qat’iy qoidalarga rioya qilishlari shart bo‘lgan sohadir.

01

Xavfsizlik huquqi

  • Har bir avtobus yoki marshrutka texnik ko‘rikdan o‘tishi shart.

  • Haydovchilar hushyor bo‘lishlari, litsenziyaga ega bo‘lishlari va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari shart.

  • Masalan: agar haydovchi transportni boshqarib telefonda gaplashsa yoki tezlikni oshirsa, siz shikoyat qilish huquqiga egasiz.

02

Ma’lumot olish huquqi

  • Bekatlarda va transport vositalarida yo‘nalishlar, harakat jadvali hamda tariflar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

  • Chiptalar narxi qatnovdan oldin belgilanadi va “kayfiyatga qarab” o‘zgartirilmaydi.

03

Imtiyozlarga bo’lgan huquq

  • Pensionerlar va nogironlar transportda chegirma yoki bepul harakatlanish huquqiga egadirlar.

  • Oliy o‘quv yurtlari, kollej va litsey talabalari avtobus, metro va boshqa turdagi transport turlarida chegirma asosida to‘lov amalga oshirish huquqiga ega. Bu imtiyoz talabalik guvohnomasi yoki o‘qish joyidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etilganda amal qiladi.

  • Talabalik guvohnomasini yoki imtiyozni tasdiqlovchi hujjatni qabul qilmaslik — tashuvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik bo‘lib, u uchun javobgarlik belgilanadi.

04

Pulni qaytarib olish huquqi

  • Agar avtobus reysga chiqmasa yoki qatnov tashuvchining aybi bilan to‘xtatilsa, yo‘lovchi kompensatsiya olish huquqiga ega.

05

Hurmatga bo’lgan huquq

  • Haydovchi yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lishi, salon ichida chekmasligi va yo‘lovchilarni xavf ostiga qo‘ymasligi shart.

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI

Iste’molchi — bu har birimiz. Har kuni biz o‘nlab xaridlarni amalga oshiramiz: oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, kiyim-kechak yoki onlayn xizmatlar sotib olamiz. Ammo sotuvchilar har doim ham vijdonan ish tutmaydi — ba’zan muhim ma’lumotni yashirishadi, narxni asossiz oshirishadi, keraksiz xizmatlarni tiqishtirishadi yoki mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortishadi. Bunday holatlar nafaqat yoqimsiz, balki fuqarolarning qonun bilan himoyalangan huquqlarini ham buzadi.

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI

O‘zbekistonda xaridorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (1996 yil 26 aprel, 221-I-son, 2022 va 2025-yillardagi o‘zgartirishlar kiritilgan) amal qiladi. Ushbu qonun sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi kafolatlar tizimini belgilaydi, ishlab chiqaruvchilar hamda savdo tashkilotlarining majburiyatlarini mustahkamlaydi, shuningdek iste’molchini aldaganlik, sifatsiz tovarlarni sotganlik yoki savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

Qonunchilikning asosiy maqsadi biznes manfaatlari va fuqarolar huquqlari o‘rtasida muvozanatni yaratishdir. Bu har bir xaridor mahsulotning adolatli narxi, ishonchli ma’lumotni, xavfsiz va sifatli mahsulotni olish, shuningdek, u sifatsiz yoki nosoz bo‘lib chiqsa, qaytarish yoki almashtirish huquqiga ega ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, qonun nafaqat oflayn xaridlarni, balki tobora ommalashib borayotgan onlayn savdo sohasida ham iste’molchilar manfaatlarini himoya qiladi.

Shunday qilib, iste’molchilar huquqlari har bir fuqaroga o‘z manfaatlarini himoya qilish va adolatni talab qilish imkonini beruvchi real vositadir. Biroq bu huquqlar faqat biz ularni bilganimizda va amalda qo‘llaganimizdagina ishlaydi.

01

Ma’lumot olishga bo’lgan huquq

  • Har bir tovarda tegishli markirovka  bo‘lishi kerak.

  • Unda ishlab chiqaruvchi nomi, yaroqlilik muddati, tarkibi va foydalanish qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

02

Tovar yoki xizmatning qatiy belgilangan va asosli narxga bo’lgan huquqi

  • Tovar va xizmatlar uchun naqd hamda naqd bo’lmagan to‘lovlarda turlicha narx belgilash taqiqlanadi. Masalan, agar to‘lov bank kartasi orqali amalga oshirilganda narx naqd to‘lovdan yuqori bo‘lsa, bu qonunbuzarlik hisoblanadi.

03

Qaytarib berish va almashtirish huquqi

  • Sifatsiz tovarni qaytarish yoki almashtirish mumkin.

  • Onlayn xaridlarda ham xuddi shu tartib amal qiladi: agar tovar tavsifga mos kelmasa, siz uni qaytarish huquqiga egasiz.

04

Kompensatsiya huquqi

  • Tovar sifati bo‘yicha nizo kelib chiqsa, ekspertizani xaridor emas, sotuvchi to‘laydi.

  • 2025 yildan boshlab shartnoma bajarilishi kechiktirilganda penya qo‘llaniladi: har bir kechikkan kun uchun tovar qiymatining 0,5% miqdorida.

05

Hurmatga bo’lgan huquq

  • Haydovchi yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lishi, salon ichida chekmasligi va yo‘lovchilarni xavf ostiga qo‘ymasligi shart.

PENSIONERLAR HUQUQLARI

Pensiya – bu hayriya yoki imtiyoz emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan har bir fuqaroning keksalik davridagi ijtimoiy himoyaga bo’lgan huquqidir. Davlat jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik mehnatini inobatga olgan holda keksalar uchun munosib turmush darajasini ta’minlashga bevosita mas’ul.

Pensiya ta’minoti tizimi nafaqat yoshga doir to‘lovlarni, balki keng ko‘lamli ijtimoiy kafolatlarni ham o‘z ichiga oladi: inflyatsiyani inobatga olgan holda muntazam indeksatsiya, tibbiy xizmat va dori-darmonlarga imtiyozlar, transport sohasi hamda uy-joy kommunal xizmatlarida qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z ichiga oladi. 

PENSIONERLAR HUQUQLARI

Qonunlarda alohida toifalar uchun alohida sharoitlar ham nazarda tutilgan (masalan — nogironlar, faxriylar, ko‘p farzandli ota-onalar, zararli ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar yoki boquvchisini yo‘qotgan shaxslar uchun).

Transportdan foydalanishda imtiyozlarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekistonda pensionerlar jamoat transportidan (avtobuslar, metro, shahar ichidagi yo‘nalishlarining bir qismi) bepul yoki katta chegirmalar bilan foydalanish huquqiga ega.

Belgilangan imtiyozlar hududlarga qarab farq qiladi:

• Toshkent va bir qator viloyatlarda pensionerlar uchun yo‘l haqi guvohnoma asosida bepul amalga oshiriladi;

• alohida toifadagilar (nogironlar, urush qatnashchilari, yolg‘iz keksalar) uchun qo‘shimcha imtiyozlar va bepul yo‘l kira chiptalari belgilangan;

• Qishloq joylarda imtiyozli tariflar va subsidiya asosidagi yo‘nalishlar amalda qo‘llaniladi.

Ushbu choralar keksalarning maishiy, tibbiy va ijtimoiy ehtiyojlarini hal etish uchun transportdan erkin foydalanishi, ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi bo‘lib qolishi hamda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli harakatlanishni cheklamasligini ta’minlashga qaratilgan. So‘nggi yillarda pensiya to‘g‘risidagi qonunchilik faol isloh qilinmoqda. To‘lovlarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish uchun raqamli xizmatlar joriy etildi, talab qilinmagan pensiyalarni olish muddati kengaytirildi, 2025-yil oktyabr oyidan boshlab nafaqat pensiyalarni, balki imtiyozlar, subsidiyalar va QQS qaytarilishini ham olish imkonini beruvchi “ijtimoiy karta” tizimi joriy etilmoqda. Bu esa byurokratiyani qisqartirish va davlat xizmatlarini yanada qulay qilishga xizmat qiladi.

Shunday qilib, pensionerlarning huquqlari - bu ijtimoiy adolatni saqlash, yoshi kattalarning qadr-qimmatini himoya qilish va  har bir fuqaro o'z mehnat faoliyatini keksalikda munosib qo'llab-quvvatlash bilan taqdirlanishiga ishonch hosil qilish uchun sharoit yaratishga qaratilgan keng qamrovli kafolatlar tizimidir.

 

01

Pensiyaga chiqish yoshi

  • Erkaklar — 60 yoshdan (25 yillik mehnat staji bilan).

  • Ayollar — 55 yoshdan (20 yillik mehnat staji bilan).

  • Mehnat staji kam bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy pensiya tayinlanadi.

02

Eng kam kafolat

  • Pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lishi mumkin emas.

03

Ijtimoiy karta (2025-yil oktyabr oyidan)

  • Karta orqali pensiyalar, imtiyozlar, subsidiyalar va QQS qaytarilishi amalga oshiriladi.
04

Qo‘shimcha kafolatlar

  • Ishlayotgan pensionerlar pensiyalarini to‘liq hajmda olishda davom etadilar.

  • So‘nggi 24 oy ichida o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarni tiklab olish mumkin.

05

Imtiyozlar

  • Transportdan foydalanishda imtiyoz, ro‘yxat bo’yicha bepul dori-darmonlar, tibbiyot muassasalarida navbatsiz xizmat 

Yordam olish uchun qayerga murojaat qilish kerak

Huquqlaringizni bilish — ularni himoya qilish yo‘lidagi birinchi qadam. Huquqlaringiz buzilgan taqdirda qanday va qaysi tuzilmalar orqali adolatga erishish mumkinligini bilish ham muhim.

O‘zbekistonda davlat organlari, ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar, shuningdek elektron xizmatlarning keng tizimi mavjud bo‘lib, ular ariza topshirish jarayonini yanada qulay va shaffof qiladi.

Bugungi kunda fuqarolarga nafaqat an’anaviy shaklda, davlat idoralarining qabulxonalari va kantselyariyalari orqali, balki zamonaviy vositalar orqali ham shikoyat va ariza bilan murojaat qillish imkoniyati berilgan: ishonch telefonlari, my.gov.uz portali orqali onlayn-murojaatlar, vazirlik va idoralarining virtual qabulxonalari mavjud. Bunday tizim ko‘plab masalalarni ortiqcha byurokratiyasiz va uzoq kutishlarsiz tez hal etish imkonini beradi.

Eng muhimi, har bir fuqaroning murojaati — tovar sifati bo‘yicha shikoyatmi, transport sohasidagi qoidabuzarlik yoki pensiya ta’minotiga oid masalami — albatta ko‘rib chiqilishi shart. Qonunga muvofiq, bunday arizalarni javobsiz qoldirish taqiqlanadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar murojaatlarni o‘z vaqtida ko’rib chiqmaganlari yoki faqat rasmiyatchilik yuzasidan javob berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi.

Davlat organlari

  • Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar ustidan shikoyatlarni qabul qiladi. Pulni qaytarish, qayta hisob-kitob qilish, kompensatsiya yoki tovar ekspertizasini o‘tkazishni talab qilish mumkin.

  • Transport vazirligi

Jamoat transporti sohasida yuz beradigan qonunbuzarliklar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqadi: haydovchilarning qo‘polligi yoki noqonuniy xatti-harakatlari, jadvalga rioya qilmaslik, tariflarning asossiz oshirilishi.

  • Pensiya jamg‘armasi

Pensiya tayinlash, qayta hisoblash, ijtimoiy nafaqalar va imtiyozlarni olish masalalari bo‘yicha maslahat beradi. Jamg‘arma xodimlari to‘lov tartibini tushuntirishi va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun qabul qilishi shart.

Onlayn xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz 

Ushbu portal orqali davlat tashkilotlariga bormasdan onlayn tarzda shikoyat, so‘rov yoki ariza yuborish mumkin. Bu yerda nafaqalarni rasmiylashtirish, murojaatning holatini tekshirish, shuningdek, adliya organlari yoki nazorat xizmatlariga shikoyat yuborish mumkin.

Ishonch telefonlari

• Transport vazirligi – 1167

Tashuvchilarning faoliyati, jamoat transportidagi qonunbuzarliklar hamda harakat xavfsizligiga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinadi. 

• Adliya vazirligi – 1008

Huquqiy masalalar yuzasidan bepul maslahatlar beriladi, jumladan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va bepul yuridik yordam olish bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

• Sog‘liqni saqlash vazirligi – 1003

Tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlarning beparvoligi yoki tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortish holatlari bo‘yicha shikoyatlar. Ushbu raqam pensionerlar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari uchun foydali.

• Ichki ishlar vazirligi (favqulodda holatlar uchun) – 102

Hayotga tahdid, zo‘ravonlik, firibgarlik yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda ichki ishlar organlariga murojaat uchun.

 

Alt Text

Ko‘p beriladigan savollar

Qonunlar va qoidalar ko‘pincha murakkab va hayotdan uzoqdek tuyuladi. Lekin aslida ular bizning kundalik hayotimizda uchraydigan holatlar bilan bevosita bog‘liq: avtobusda yurish, do‘kondan non sotib olish, dori-darmonlarning to’lovlarini karta orqali amalga oshirish, nafaqa olish. Sizning tushunishingiz oson bo‘lishi uchun, yo‘lovchilar, iste’molchilar va pensionerlar eng ko‘p beradigan savollarni jamlab, ularga sodda va ravon tilda javob berdik.

TRANSPORT

Tashuvching dispetcherlik xizmatiga yoki Transport vazirligining ishonch telefoniga (1167) murojaat qiling. Bu tarif buzilishi bo‘lib, tashuvchi buning uchun javobgar.

XARIDLAR

Ha. Siz pulni qaytarib olishni, ayni shunday tovarga almashtirishni yoki bepul ta’mirlashni talab qilish huquqiga egasiz.

PENSIYALAR VA IMTIYOZLAR

Ha. Qonun mehnat faoliyatini davom ettirayotgan pensionerlarga ham pensiyani to‘liq hajmda to‘lashni kafolatlaydi.

UMUMIY SAVOLLAR

Ha. Ko‘p ishonch telefonlari (masalan, Adliya vazirligi yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini) anonim murojaatlarni qabul qiladi.

HUQUQIY MA’LUMOTNING ASOSIY MANBALARI

Hujjat turi Nomlanishi / Mazmuni Havola
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Keksayganda, nogironlarga yoki boquvchisini yo'qotganda ijtimoiy himoyani kafolatlaydi (46- va 57-moddalar) lex.uz constitution.uz
Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonuni Pensiyalarni tayinlash, hisoblash, indeksatsiya qilish tartibi, eng kam miqdori va boshqa masalalarni belgilovchi asosiy hujjat lex.uz
Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonuni Pensiyaning jamg'arib boriladigan qismini shakllantirish tamoyillari, elektron bildirishnomalar va Pensiya jamg'armasi hamda banklar bilan o'zaro aloqalarni belgilaydi lex.uz
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi 641-son "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi Qonuni Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi lex.uz
Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni Iste'molchilarning asosiy huquqlari, ularni himoya qilish kafolatlari, Tovar ishlab chiqaruvchilarning majburiyatlari hamda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat organlari tizimini belgilaydi lex.uz
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-yanvardagi 746-son "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritadi lex.uz
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi 706-son "Transport to'g'risida"gi Qonuni Transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, tashuvchilar va yo'lovchilarning huquq hamda majburiyatlarini belgilaydi lex.uz
Prezident farmoni PF-5597, 2018-yil 12-dekabr 2019-yil 1-yanvardan ishlayotgan pensionerlarga pensiyalarni to'liq hajmda to'lashni nazarda tutadi lex.uz
Prezident qarori PQ-267, 2024-yil 18-iyul Tizimni raqamlashtirish va ijtimoiy karta (Social Card) joriy etilishini ko'zda tutadi lex.uz
Vazirlar Mahkamasi qarori VMQ-482, 2003-yil 4-noyabr Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalarini, avtobuslarda yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlashga doir talablarni, tashuvchining majburiyatlarini, transportda yurish shartlarini, yo'l haqini, transport sifati, javobgarlik va litsenziyalash masalalarini belgilaydi lex.uz